Ilon Mask kompaniyasi inson miyasiga chip o‘rnatdi

“Neuralink implantini bir kishi oldi, (operasiyadan keyingi) tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda”, — deb yozgan Ilon Mask.

2095034
Ilon Mask kompaniyasi inson miyasiga chip o‘rnatdi

 

Milliarder Ilon Maskning Neuralink neyrotexnologiya kompaniyasi birinchi marta inson miyasiga implant o‘rnatdi.

Bu haqda tadbirkor o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qildi.

“Neuralink implantini bir kishi oldi, (operasiyadan keyingi) tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda”, — deb yozgan Mask.

Neyrochip Bluetooth orqali gadjetlarni boshqarish imkonini beradi. Loyiha 2016 yilda boshlangan, biroq ilgari tadqiqot faqat hayvonlar ustida olib borilgan. Kompaniya asoschisi Ilon Mask bemor o‘zini yaxshi his qilayotgani va birinchi natijalar allaqachon istiqbolli ekanini yozgan.

“Chip telefon yoki kompyuteringizni va ular orqali deyarli har qanday qurilmani shunchaki fikr kuchi bilan boshqarish imkonini beradi. Dastlabki foydalanuvchilar o‘z oyoq-qo‘llarini boshqarish qobiliyatini yo‘qotganlar bo‘ladi. Tasavvur qiling, Stiven Xoking mashinist yoki auksionchiga nisbatan tezroq muloqot qila olsa. Maqsad shu”, — deydi Mask.

Yangi mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi. Qurilma qabul qiluvchi kapsuladan iborat bo‘lib, eshitish vositasi kabi quloq orqasiga o‘rnatiladi. Undan ipga o‘xshash elektrodlar miyaga uzatiladi. Umuman olganda, miyaga 1,5 mingtagacha elektrodlar joylashtiriladi. Ularning har biri inson sochidan to‘rt marta ingichkaroq.

 


Tanlangan kalimalar: #Ilon Mask

Aloqador xabarlar