Yaponiyadagi yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni ortdi

Yanvar oyining ilk haftasida Yaponiyada sodir bo‘lgan yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni 236 kishiga yetdi.

2094205
Yaponiyadagi yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni ortdi

Yaponiya g‘arbidagi Ishikava shahri bilan shu hududdagi Noto yarim oroli qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan yer silkinishlarida hayotdan ko‘z yumganlar soni 236 nafarga yetdi.

Ishikava shahri rasmiylari yanvar oyining ilk haftasida sodir bo‘lgan yer silkinishlari haqida bayonot berar ekan, unda jon berganlar sonining 236 nafarga yetganini bildirdi.

Bundan tashqari, mintaqa bo‘ylab yer silkinishida tan jarohati olgan 1178 kishini davolash ishlari davom etayotgani qayd etildi.

Bayonotda yer silkinishi oqibatida 43 ming 380 ta bino ziyon ko‘rgani, 490 boshqa evakuatsiya nuqtasida 14 mingdan ortiq inson jon saqlayotgani, elektr energiyasi uzilishi 3 ming 500, suv ta’minotidagi uzilishning 43 mingdan ortiq uyda davom etgani ifoda etildi.

Yaponiya meteorologiya agentligining xabar berishicha 1, 2, 3 va 4 - yanvar kunlari Ishikava shahri bilan shu hududdagi Noto yarim oroli qirg‘oqlarida kamida 5, eng ko‘p 7 magnitudali ekani aniqlangan yer silkinishi sodir bo‘lgandi.



Aloqador xabarlar