G‘azoda «Gepatit A» yoyilmoqda

G‘azo sektoridagi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Isroil hujumlari yuzasidan o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lgan falastinliklar yashovchi hududlardagi ortiqcha gavjumlik yuzasidan «Gepatit A» virusining yoyilgani ma’lum qilindi.

2094257
G‘azoda «Gepatit A» yoyilmoqda

G‘azoda o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lgan falastinliklar jon saqlagan gavjum hududlarda «Gepatit A»ning keng yoyilgani qayd etilmoqda.

G‘azo sektoridagi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Isroil hujumlari yuzasidan o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lgan falastinliklar yashovchi hududlardagi ortiqcha gavjumlik yuzasidan «Gepatit A» virusining yoyilgani ma’lum qilindi.

Virus yoyilishining sababi sifatida, insonlarning gavjumligidan tashqari salbiy tusdagi gigiena shartlariga e’tibor qaratildi.

Vazirlik tomonidan berilgan ikkinchi bayonotda esa, kerakli materiallarni olish imkoni bo‘lmagani uchun to‘liq qon ro‘yxati (CBC) tahlillari har on to‘xtatilishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

G‘azo sektoridagi o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lgan yoki ko‘chirilgan falastinliklar, Isroilning 7 - oktabrdan beri davom etayotgan hujumlari tufayli qiyin sharoitlarda jon saqlashga, omon qolishga harakat qilmoqda.

Rasmiylar yuqumli kasalliklar yoyilishi xavfi ustidan ogohlantirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #falastinliklar , #G‘azo , #Gepatit A

Aloqador xabarlar