AQSH va Isroil o‘rtasida yirik qurol-yarog‘ bitimi imzolandi

“Qo‘shma Shtatlar va Isroil o‘rtasida G‘azo sektorida davom etayotgan urush paytida dramatik qurol-yarog‘ bitimi imzolandi. Yaqin kunlarda Isroil armiyasi uch yangi eskadrilya va minglab o‘q-dorilar bilan ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

2093716
AQSH va Isroil o‘rtasida yirik qurol-yarog‘ bitimi imzolandi

 

AQSH va Isroil Tel-Avivga katta miqdordagi F-35 va F15 AI samolyotlari hamda Apache hujum vertolyotlarini yetkazib berishni o‘z ichiga olgan yirik bitimni imzoladi. Bu haqda Vashington bilan kelishuvni imzolashda ishtirok etgan Isroil Mudofaa vazirligi vakillariga tayanib, mahalliy nashrlar xabar berdi.

“Qo‘shma Shtatlar va Isroil o‘rtasida G‘azo sektorida davom etayotgan urush paytida dramatik qurol-yarog‘ bitimi imzolandi. Yaqin kunlarda Isroil armiyasi uch yangi eskadrilya va minglab o‘q-dorilar bilan ta’minlanadi”, deyiladi xabarda. 

Ismini oshkor etmagan rasmiylar kelishuv Isroil armiyasiga ko‘p sonli F-35 va F15 AI samolyotlarini, shuningdek, Apache hujum vertolyotlarini yetkazib berishni o‘z ichiga olishini bildirgan. Ularning aytishicha,  G‘azodagi urush va shimolda “Hizbulloh” bilan to‘qnashuvlar fonida imzolangan kelishuv "o‘ta ambitsiyali".

Qayd etilishicha, kelishuv jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu Falastin va G‘azo sektoridagi qirg‘inlarning intensivligini yanada jiddiyroq darajaga olib chiqadi. Bundan tashqari, kelishuv favqulodda hajmga ega bo‘lgani sababli yetkazib berish bir necha kun ichida bajarilishi kerak.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #AQSh

Aloqador xabarlar