Isroil hujumlari oqibatida falastinlik yana 210 kishi jon berdi

Gʻazodagi Falastin Sogʻlikni saqlash vazirligi, Isroil tomonidan Gʻazoga qarshi 110 kun oldin boshlagan va bugungi kunga kelib avj olgan hujumlar haqida ma’lumot berdi.

2093003
Isroil hujumlari oqibatida falastinlik yana 210 kishi jon berdi

Isroilning 7 – oktabrdan beri Gʻazo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida hayotdan koʻz yumgan falastinliklar soni 25 ming 700 nafar, tan jarohati olganlar soni esa 63 ming 740 nafar deb qayt etildi.

Gʻazodagi Falastin Sogʻlikni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Isroil tomonidan Gʻazoga qarshi 110 kun oldin boshlagan va bugungi kunga kelib avj olgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

Oxirgi 24 soatda falastinlik yana 210 kishining Isroil hujumlari oqibatida jon bergani va 386 kishi tan jarohati olgani ma’lum qilindi.

Isroil kuchlarining oxirgi 24 soatda «24 qatliom»ga qoʻl urgani ifoda etildi.

Oxirgi hujumlar bilan 2023 - yilning 7 - oktabridan beri blokada ostidagi Gʻazo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlarda halok boʻlgan falastinliklar sonining 25 ming 700 nafarga, tan jarohati olganlar sonining esa 63 ming 740 nafarga yetgani qayd etildi.

Hujumlar natijasida yuzaga kelgan vayronagarchilik tufayli koʻpchilikning haligacha vayronalar ostida qolgani, harbiy boʻlmagan va tibbiy tez yordam xodimlari ularga ulashishda qiyinchilikka duch kelayotgani ta’kidlandi.

 



Aloqador xabarlar