Benyamin Netanyaxu, G'azodagi urushning uchinchi bosqichi taxminan 6 oy davom etadi dedi

Isroil davlat televideniyesi KAN xabariga ko'ra, Benyamin Netanyaxu vazirlar bilan uchrashuvida, G'azo sektoridagi hujumlar haqida ma'lumot berdi.

2092753
Benyamin Netanyaxu, G'azodagi urushning uchinchi bosqichi taxminan 6 oy davom etadi dedi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu, "G'azodagi urushning uchinchi bosqichi taxminan 6 oy davom etadi" dedi.

Isroil davlat televideniyesi KAN xabariga ko'ra, Benyamin Netanyaxu vazirlar bilan uchrashuvida, G'azo sektoridagi hujumlar haqida ma'lumot berdi.

“Isroil armiyasi G’azo sektori shimolida boshlangan urushning uchinchi bosqichini yakunlashi uchun olti oy kerak bo’ladi”. dedi Netanyaxu,

  "Avval aytganimizdek, havo (zarbalar) qismi 3 hafta davom etishini aytdik va shunday bo'ldi.

Biz quruqlikdagi manevrlardan iborat ikkinchi qism 3 oy davom etishini aytdik va aynan shunday bo'ldi. “Endi biz “nazorat va tozalash” uchinchi qismi 6 oy davom etadi, deymiz.

KAN xabarida, Isroil armiyasi "zaxiradagi askarlarni demobilizatsiya qildi,

G'azodagi askar sonini yangilash va markazlashgan holda urushga tayyorgarlik ko'rish uchun tartibli ravishda qo'shinlarini tortib olib, kamaytirgani bildirildi.

Yangiliklarda “3. Ushbu bosqich doirasida G'azodagi quruqlik hujumlarini tugatish,

“Askarlarning qisqarishi, zahiradagi askarlarning bo’shatilishi va maqsadli hujumlar boshlanishi kutilmoqda” deyilgan.

Shuningdek, xabarda uchinchi bosqichda G‘azo sektorida xavfsizlik zonasini tashkil etish ko‘zda tutilgani ham qayd etildi.

Hamasning harbiy qanoti Qassam Brigadalari 7 oktabr kuni Isroilga qarshi "Aqsa to'foni" deb nomlangan keng qamrovli hujum uyushtirganini e'lon qilgan edi.

Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshlaganini ma’lum qildi. Tanglikning kuchayishi natijasida aksariyati bolalar bo'lgan 25 mingdan ortiq falastinlik halok bo'ldi.

 



Aloqador xabarlar