Griffiths Gʻazoda har bir soatda 2 nafar onaning vafot etganiga e’tibor qaratdi

Gʻazo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida 11 ming nafar yosh bola bilan 7 ming 500 nafar ayol kishi hayotdan koʻz yumdi.

2092387
Griffiths Gʻazoda har bir soatda 2 nafar onaning vafot etganiga e’tibor qaratdi

Isroilning 7 – oktabrdan beri Gʻazo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida 11 ming nafar yosh bola bilan 7 ming 500 nafar ayol kishi hayotdan koʻz yumdi.  

Gʻazodagi hukumatning matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotda, Isroil tomonidan Gʻazoga qarshi 108 kundan beri uyushtirilayotgan hujumlarda hayotdan koʻz yumgan falastinliklar soni 25 ming 490 nafarga yetgani va ulardan 11 ming nafari yosh bola, 7 ming 500 nafari esa ayol kishidan iborat ekani ifoda etildi.

Gʻazoda bugungacha 70 foizi ayollar va bolalardan iborat 7 ming kishining esa haligacha vayronalar ostida qolgani yoki bedarak yoʻqolgani qayd etilar ekan 63 ming 354 kishining tan jarohati olgani ifoda etildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining gumanitar masalalar boʻyicha oʻrinbosari Martin Griffiths esa oʻzining «X» ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali, “7 - oktabrdan beri Gʻazoga qarshi uyushtirilgan vahshiyliklarda pasayish yoʻq”, - dedi. Unda shuningdek, Gʻazoda har bir soatda 2 nafar onaning vafot etganiga e’tibor qaratdi.


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Martin Griffiths , #Gʻazo sektori , #Isroil

Aloqador xabarlar