Gretsiya Turkiya bilan ijobiy muhitni mustahkamlashga harakat qilmoqda

Yunoniston Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis, Turkiya bilan ijobiy muhitni mustahkamlashga harakat qilamiz dedi.

2090638
Gretsiya Turkiya bilan ijobiy muhitni mustahkamlashga harakat qilmoqda

 

Yunoniston Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis, Turkiya bilan ijobiy muhitni mustahkamlashga harakat qilamiz dedi.

Kiryakos Mitsotakis Shveytsariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumidagi nutqida o'tgan yili Turkiyada sodir bo'lgan zilzilalardan so'ng Yunoniston va Turkiya o'rtasidagi munosabatlarda yumshash kuzatilganini aytdi.

Mitsotakis, bu holat davom etayotganini bildirdi. Men optimist bo‘lishni va mamlakatlarimiz tomonidan qo‘yilgan ijobiy qadamlarni yanada mustahkamlashni istayman dedi.

Mitsotakis, ikki davlat o'rtasidagi yagona muhim muammo deb baholagan dengiz yurisdiktsiya chegaralarini chizish masalasi hal etilmaganini bildirdi.

va bu muammoga qaramay,  birgalikda yashashlari va ijobiy kun tartibiga e'tibor berishlari kerakligini ta'kidladi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar