Eron rasmiylari Pokiston hujumida 7 kishi halok bo'lganini ma'lum qildi

Sistan-Balujiston viloyati gubernatori o‘rinbosari Ali Rizo Merhameti Eron davlat televideniyesiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Pokiston ertalab Sistan-Balujiston viloyatining chegaradosh hududidagi qishloqqa raketa hujumi uyushtirgan.

2090399
Eron rasmiylari Pokiston hujumida 7 kishi halok bo'lganini ma'lum qildi

 

Eron Pokistonning chegara hududidagi bir qishloqqa uyushtirgan raketa hujumida 7 kishi hayotdan ko'z yumganini ma'lum qildi. Ulardan 3 nafari ayol va 4 nafari yosh bola.

Sistan-Balujiston viloyati gubernatori o‘rinbosari Ali Rizo Merhameti Eron davlat televideniyesiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Pokiston ertalab Sistan-Balujiston viloyatining chegaradosh hududidagi qishloqqa raketa hujumi uyushtirgan.

"Ushbu hujumda eronlik bo'lmagan 3 ayol va 4 bola hayotdan ko'z yumdi",-dedi u.

Viloyatga qarashli Seravon shahrida ham portlash sodir bo'lganini bildirgan Ali Rizo Merhameti u yerda qurbonlar yo'qligini ma'lumqildi.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi avvalroq, Eronning Siston-Balujiston viloyatidagi “terrorchilik markazlari”ga qarshi havo hujumi uyushtirilganini ma'lum qilgandi.

"Bugun ertalab Pokiston Eronning Siston va Balujiston viloyatidagi terrorchilar boshpanalariga bir qator aniq harbiy zarbalar berdi. Operatsiya davomida ko’plab jangarilar yo‘q qilindi", deyilgandi TIV bayonotida.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Eron

Aloqador xabarlar