Isroil hujumlarida halok bo'lgan falastinliklar soni 23 mingdan oshdi

Isroil armiyasining oxirgi bir sutkada sodir qilgan hujumlarida yana 112 nafar falastinlik hayotdan ko'z yumdi.

2088051
Isroil hujumlarida halok bo'lgan falastinliklar soni 23 mingdan oshdi

 

G'azo sektorida 7 oktyabrdan beri davom etayotgan Isroil hujumlarida halok bo'lgan falastinliklar soni 23 ming 469 nafarga, yaradorlar soni esa 59 ming 604 nafarga yetdi.

Isroil armiyasining oxirgi bir sutkada sodir qilgan hujumlarida yana 112 nafar falastinlik hayotdan ko'z yumdi.

Falastin rasmiy agentligi WAFA xabariga ko'ra, Isroil qo'shini G'azo sektorining turli joylarida uylar, ko'chirilgan falastinliklar boshpana topgan joylar va qochqinlar lagerlarini bombardimon qilishda davom etmoqda.

Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati, Isroil harbiylari Rafah shahridagi bir uyni nishonga olishi ortidan xodimlar 9 kishining jasadini olib chiqqanini bildirdi.

Isroil jangovar samolyotlari Rafah shahrining sharqidagi al-Shavka hududidagi bir uyni nishonga olishi oqibatida kamida 9 kishi hayotdan ko'z yumdi, ko'plab odam tan jarohati oldi.

Isroil G’azo sektorining turli nuqtalarini havodan va quruqlikdan uzluksiz bombardimon qilishlari natijasida 30 nafar falastinlik hayotdan ko’z yumdi.

Isroil samolyotlari Xon Yunis markaziga shiddatli hujumlar uyushtirar ekan, jasadlar va yaradorlarga yetib borishga harakat qilayotgan tez yordam va qutqaruv guruhlarini ham nishonga oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar