Ekvadordagi tartibsizliklarda 178 nafar qo‘riqchi garovga olindi

Mamlakatdagi bir qancha qamoqxonalardagi tartibsizliklardan keyin mahbuslar o‘z nazoratchilarini garovga olishgan.

2088005
Ekvadordagi tartibsizliklarda 178 nafar qo‘riqchi garovga olindi

 

Ekvador davlatida 7 ta qamoqxonada sodir bo‘lgan tartibsizliklarda 178 nafar qo‘riqchi garovga olingani ma’lum qilindi.

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash milliy xizmati (SNAI) tomonidan berilgan bayonotda, 8 yanvar kuni 7 ta qamoqxonada uyushgan jinoyatchi to'da a’zolari tomonidan boshlangan tartibsizliklar chog‘ida garovga olingan qo‘riqchilar soni 178 nafar ekanligi qayd etildi.

Tartibsizliklar boshlangan Machala, Loja, Kuenka, Azogues, Latacunga, Ambato va Esmeraldas qamoqxonalarida qo'riqchilar hayoti uchun qo'rquv borligi, qutqarish uchun muzokaralarning davom etayotgani bildirildi. 

Harbiylar va politsiya qamoqxonalar joylashgan hududlarda keng qamrovli xavfsizlik choralarini ko'rmoqda.

Taxminlarga ko'ra, ushbu tartibsizliklar paytida jinoiy guruh rahbari, "Fito" laqabli Adolfo Makias Salazar va bir necha mahbuslar qamoqxonadan qochib ketgan.

Bir muddatdan beri mamlakat boʻylab xavfsizlik inqiroziga qarshi kurashayotgan hukumat, “Fito” laqabli toʻda rahbari va bir necha mahbus qochib ketganidan soʻng, 9-yanvardan boshlab 60 kunlik favqulodda holat eʼlon qildi.

Fito laqabi bilan tanilgan Adolfo Masias — mamlakatdagi eng xavfli guruhlardan biri bo‘lmish "Los Choneros"ning yetakchisi bo‘lib, Guayakildagi Litoral qamoqxonasidan qochib ketgan. U uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar savdosi va qotillikda ayblanib, 2011 yildan buyon uzoq muddatli qamoq jazosini (turli ma’lumotlarga ko‘ra, 34 yoki 36 yil) o‘tayotgandi. 44 yoshda bo‘lgan Adolfo Masias 7 yanvar kuni o‘z kamerasidan g‘oyib bo‘lgan.

Guayas shahridagi qamoqxonaga, keyin esa politsiya mashinalariga bombali hujumlar uyushtirildi.

Favqulodda holat rejimi doirasida mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan 05:00 gacha komendantlik soati joriy etilishi maʼlum qilindi.

Favqulodda holat rejimi qaroridan so‘ng jinoiy to'dalar ko‘plab politsiya xodimlarini o‘g‘irlab, mashinalariga o‘t qo‘ydi.


Tanlangan kalimalar: #Ekvador

Aloqador xabarlar