Rossiya Ukrainaning hujum tashabbusiga monelik qilganini ma'lum qildi

Rossiya Ukrainaning Rostov viloyati bilan poytaxt Moskva yaqinidagi hujum tashabbusiga monelik qilganini ma'lum qildi

2087427
Rossiya Ukrainaning hujum tashabbusiga monelik qilganini ma'lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Ukraina Rostov viloyati bilan poytaxt Moskva yaqinidagi Tula va Kaluga mintaqalariga qarshi insonsiz havo vositasi orqali hujum uyushtirgan.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, Ukraina tomonidan yarim kechasi va ertalab Rossiya hududiga qarshi uyushtirilgan terror hujumi tashabbusiga monelik qilingani ifoda etildi. Shu doirada Rostov hududida 2, Moskva yaqinlaridagi Tula va Kaluga mintaqalarida esa bittadan samolyot shaklidagi insonsiz havo vositasi havoda yo‘q qilingani bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina , #hujum tashabbusi

Aloqador xabarlar