Pokistondagi hujumda 5 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi

Pokistondagi bombali hujumda 5 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi.

2085772
Pokistondagi hujumda 5 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi

Pokistonning Xaybar - Paxtunxva viloyatida poliomielitga qarshi emlash ishlari yuritgan tibbiy xodimlarni himoya qilayotgan politsiya xodimlariga qarshi uyushtirilgan bombali hujum oqibatida politsiya xodimlaridan 5 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi esa tan jarohati oldi.

Milliy matbuotda o‘rin olgan xabarlarga ko‘ra Xaybar - Paxtunxva viloyatining Bajaur viloyatida poliomielitga qarshi emlash ishlari yuritayotgan tibbiy xodimlarni himoya qilayotgan politsiya mashinasiga qarshi bombali hujum uyushtirilgan.

Mazkur hujum oqibatida politsiya xodimlaridan 5 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi esa tan jarohati oldi.

Hozircha hech kim hujum javobgarchiligini zimmasiga olmadi.


Tanlangan kalimalar: #politsiya xodimi , #Pokiston , #bombali hujum

Aloqador xabarlar