Al – Soniy: G‘azo Falastin hududining bir bo‘lagi va u falastinliklar tomonidan boshqarilishi zarur

Qatar Tashqi Ishlar vaziri, Yaqin Sharqa bo‘lgan tashrifi doirasida poytaxt Dohaga borgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uyushtirgan matbuot anjumanida G‘azodagi vaziyat haqida bayonot berdi.

2085457
Al – Soniy: G‘azo Falastin hududining bir bo‘lagi va u falastinliklar tomonidan boshqarilishi zarur

Qatar Tashqi Ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon al - Soniy G‘azo Falastin hududining bir bo‘lagi ekani va u falastinliklar tomonidan boshqarilishi zarurligini qayd etdi.

Qatar Tashqi Ishlar vaziri, Yaqin Sharqa bo‘lgan tashrifi doirasida poytaxt Dohaga borgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uyushtirgan matbuot anjumanida G‘azodagi vaziyat haqida bayonot berdi.

Unda, (Xamas bilan Isroil o‘rtasida) muzokara jarayoni davom etgani ammo ba’zi qiyinchiliklar borligini ifoda etgan al – Soniy:

“Xamasning yuqori martabali amaldorlaridan birining o‘ldirilishi (Xamas siyosiy byurosi rahbari orinbosari Solih al - Aruriy), jarayonga ta’sir qilishi mumkin”. - dedi.

Qiyinchiliklarga qaramay tomonlar bilan muzokaralarni davom ettirganliklari va eng qisqa vaqtda G‘azoda otashkesim yo‘lga qo‘yilishi, yordam tashabbuslarining ortirilishi va asirlarning ozod etilishini ta’minlovchi kelishuvga erishilishi uchun harakat qilayotganliklarini qayd etdi.

Al – Soniy, G‘azo Falastin hududining bir bo‘lagi va u falastinliklar tomonidan boshqarilishi zarurligi, Falastin idorasida bo‘lishi kerakligi va bu yerda faqatgina Falastin xalqining qaror qabul qilish haqqi borligini ta’kidladi.

Yaqin Sharqqa bo‘lgan tashrifi doirasida Turkiya va Iordaniyadan keyin Qatarga borgan Blinken, mazkur safari doirasida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Saudiya Arabistoni, Isroil, Misr va G‘arbiy Sohilga ham boradi.

Blinken Qatarga bo‘lgan tashrifi chog‘ida Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al – Soniy bilan ham uchrashgandi.

 



Aloqador xabarlar