Italiya Yevropa Ittifoqi o'z armiyasini tuzishini taklif qildi

Bu haqda Italiya bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani  "La Stampa" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

2085564
Italiya Yevropa Ittifoqi o'z armiyasini tuzishini taklif qildi

 

Yevropa Ittifoqi urushlarning oldini oladigan va tinchlikni saqlaydigan o‘z qurolli kuchlarini yaratishi kerak.

Bu haqda Italiya bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani  "La Stampa" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Agar biz dunyo tinchligining saqlovchilaridan bo‘lishni istasak, bizga Yevropa armiyasi kerak. Bu Yevropaning samarali tashqi siyosatini olib borishning asosiy shartidir", deb hisoblaydi siyosatchi.

Tayanining so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdan Hind-Tinch okeani mintaqasigacha bo‘lgan ulkan hududni qamrab olgan inqirozli dunyoda, shuningdek AQSh, Xitoy, Hindiston va Rossiya kabi kuchli davlatlar hukmronbo'lgan dunyoda Yevropa davlatlari uchun umumiy armiya "aniq fakt"ga aylanishi kerak.

Yevropa Ittifoqi o‘z armiyasini yaratishi kerakligi haqidagi munozaralar bir necha yillardan beri muhokama qilinadi. Masalan, 2022-yilning bahorida Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozef Borrel ham Yevropa qurolli kuchlarini shakllantirish zarurligi haqida gapirgandi.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar