Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Misrga tashrif buyurdi

Yetakchilar tashrif doirasida Isroilning Falastinga qarshi hujumlari va ehtimoliy otashkesim masalasini muhokama qiladi.

2085477
Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Misrga tashrif buyurdi

 

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Misr poytaxti Qohiraga tashrif buyurdi.

Yetakchilar tashrif doirasida Isroilning Falastinga qarshi hujumlari va ehtimoliy otashkesim masalasini muhokama qiladi.

Falastin rasmiy agentligi WAFA xabar berishicha, Mahmud Abbosning Misr Prezidenti Abdul Fattoh as-Sisining taklifiga binoan Qohiraga tashrif buyurgan.

Uchrashuv va muzokaralarda “Isroilning falastinliklarga qarshi sodir etayotgan qatliomni zudlik bilan to'xtatish uchun olib borilgan ishlar” muhokama qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, G‘azo sektoridagi gumanitar falokatni bartaraf etish, Falastin xalqini deportatsiya qilishga urinishlarni oldini olish, Isroil kuchlari va radikal yahudiy ko’chmanchilarning ishg’ol ostidagi G’arbiy Sohil va Quddusdagi hujumlarini to’xtatish uchun Misr va arab davlatlari bilan bir qatorda mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarning muhokama qilinishi qayd etildi.

Xabarda Abbos va Sisi o'rtasidagi uchrashuv vaqti haqida ma'lumot berilmagan.


Tanlangan kalimalar: #Misr , #Mahmut Abbos , #Falastin

Aloqador xabarlar