Rossiya hujumi 10 dan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi

Rossiya Donetsk viloyatidagi Pokrovsk tumaniga qarshi raketa orqali hujum uyushtirdi.

2085258
Rossiya hujumi 10 dan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi

Ukrainaning qayd etishicha, Rossiya Donetsk viloyatidagi Pokrovsk tumaniga qarshi raketa orqali hujum uyushtirdi va oqibati 10 dan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi. Jon berganlar orasida yosh bolalar ham bor.

Ukraina Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Rossiya armiyasi tomonidan Donetsk viloyatining Pokrovsk tumaniga qarshi raketalar orqali hujum uyushtirilgani ma’lum qilindi.

Hujum oqibatida ular orasida yosh bolalar ham bor 10 dan ortiq inson jon bergani ifoda etilgan bayonotda, qidiruv – qutqaruv ishlari davom etayotganiga e’tibor qaratildi.

Ma’lum bo‘lishicha vayronalar ostida yana 6 kishi qolgan va ulardan 2 nafari yosh bola.

Bayonotda shuningdek, Rivne qishlog‘ida 3 nafari yosh bola jami 6 kishi yashayotgan bir uyning butunlay vayron bo‘lgani, voqea joyida qidiruv - qutqaruv ishlarining davom etayotgani bildirildi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bergan bayonotida Pokrovskdagi hujumni baholadi.

Rossiya armiyasining Pokrovskdagi hujumda S - 300 raketalaridan foydalanganini ifoda etgan Zelenskiy, hujumda halok bo‘lganlarning oilalari bilan yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Zelenskiy, “Rossiya bu hujumlarning hech qaysinisi terror davlati uchun javobsiz qolmasligini his qilishi kerak. Buni kuchimiz, mudofaa va siyosiy imkoniyatlarimiz bilan bajarishimiz kerak”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar