Suriyada AQSh harbiy bazasiga hujum sodir etildi

Hujum oqibatida qurbonlar bor-yo‘qligi ma’lum emas. AQSh ma’muriyati hozircha voqea yuzasidan bayonot bermadi.

2082999
Suriyada AQSh harbiy bazasiga hujum sodir etildi

 

Suriya shimoli-sharqidagi Hasaka viloyatida Amerika harbiylari joylashgan Shaddadi harbiy bazasiga uchuvchisiz havo vositalari bilan hujum sodir etildi.

Mahalliy manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Hasaka janubidagi AQSh askarlari joylashgan Shaddadi bazasiga kelib chiqishi noma'lum bo'lgan va tarkibida portlovchi moddalar bo'lgan dronlar bilan hujum uyushtirilgan.

Hujum oqibatida qurbonlar bor-yo‘qligi ma’lum emas. AQSh ma’muriyati hozircha voqea yuzasidan bayonot bermadi.

Suriyada yaqinda AQSh armiyasi joylashgan Tenef mintaqasi, Iroq chegarasiga yaqin Malikiyye tumani, Hasaka viloyatining Shaddadi tumani va Dayr-az-Zor viloyatida joylashgan boshqa bazalarga dronlar vositasida hujumlar uyushtirildi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya

Aloqador xabarlar