Gʻazo masalasi ustidan diplomatik uchrashuvlar davom etmoqda

Olaf Shols Isroil harbiylar kabineti a’zosi va sobiq mudofaa vaziri Benni Gants bilan telefon orqali muloqot qildi.

2082353
Gʻazo masalasi ustidan diplomatik uchrashuvlar davom etmoqda

Xabar qilinishicha, Germaniya kansleri Olaf Shols Isroil harbiylar kabineti a’zosi va sobiq mudofaa vaziri Benni Gants bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bosh vazirlik tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga koʻra Scholz mazkur muloqot chogʻida, Gʻazo xalqi sharoitining yaxshilanishi va tinch aholining himoya qilinshi uchun har qanday chorani koʻrishga ehtiyoj borligini ta’kidlagan.

Scholz, urushning mintaqaga tarqalishining oldini olishning ahamiyatiga ham e’tibor qaratib, bu borada olib borayotgan diplomatik aloqalarga e’tibor qaratgan.

Isroil vaziri Gantz esa Olaf Sholsga, Gʻazo va Isroilning shimoliy chegarasidagi oxirgi vaziyatlar haqida ma’lumot bergan.


Tanlangan kalimalar: #Gʻazo , #Germaniya , #Isroil , #Olaf Shols , #Benni Gants

Aloqador xabarlar