Rossiya Ukrainaga qarshi yana hujum uyushtirdi

Bugun kechasi Rossiyaning Ukrainaga qarshi yana hujum uyushtirgani qayd etildi.

2081362
Rossiya Ukrainaga qarshi yana hujum uyushtirdi

Bugun kechasi Rossiya armiyasi tomonidan Ukraina hududiga qarshi 46 ta «Shahed» rusumidagi insonsiz havo vositasi orqali hujum uyushtirilgani qayd etildi.

Ukraina Harbiy - havo kuchlari qo‘mondonligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Rossiyaning bugun kechasi Qrim va Krasnodar mintaqasidan Ukraina hududiga qarshi «Shahed» rusumidagi insonsiz havo vositasi orqali hujum uyushtirilganini ma’lum qilindi.

Havo hujumidan mudofaa vositalarining Nikolayev, Odessa, Xerson, Dnepropetrovsk, Vinnitsiya, Zaporojye, Xmelnitski va Kirovograd viloyatlarida faoliyat olib borayotganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, jami 46 ta rus insonsiz havo vositasi aniqlangani va ulardan 32 tasining yo‘q qilingani qayd etildi.

Bayonotda, yuqorida nomi tilga olingan insonsiz havo vositalarining ko‘pi front chizig‘i joylashgan hududlar, jumladan Xerson viloyatini nishonga olgani ifoda etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 - yilning 24 – fevrali kuni Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Ukrainaga bostirib kirish haqida bergan buyrug‘i ortidan Rossiya - Ukraina urushi boshlandi.

Putin, Kiyevning NATO tarkibiga kirishiga monelik qilish va uni Rossiya taʼsiri ostida ushlab turish maqsadida mamlakatni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishni ta’minlamoqchi ekanini qayd etgandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Shahed

Aloqador xabarlar