Eron qo‘mondonlaridan biri Rozi Musaviy Damashq yaqinida Isroil hujumi oqibatida halok bo‘ldi

Eron inqilob gvardiyasining Suriyadagi qo‘mondonlaridan biri Rozi Musaviy Damashq yaqinida Isroil hujumi oqibatida halok bo‘ldi...

2080749

Isroil armiyasi Suriya poytaxti Damashq yaqinida raketa hujumi uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron Inqilobiy Gvardiyasining Suriyadagi qo‘mondonlaridan biri Rozi Musaviy halok bo‘ldi.

Isroilning hujumiga Eronning munosabati keskin edi. Eron Prezidenti Ibrohim Reisi, “Ular bu jinoyatning  evazini albatta to’laydilar” dedi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Emir Abdullahiyon ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Tel-Aviv qiyin ortga hisoblashni kutishi kerak” deb javob xabarini baham ko‘rdi.

Inqilobiy qo'riqchilar qo'shini tomonidan qilingan bayonotda, Isroilning qilgan ishining evazini   to'lashi ta'kidlandi.

Ma’lumki, Rozi Musaviy 2020-yilda AQSh (AQSh)ning Iroqdagi hujumi oqibatida halok bo‘lgan Eronlik general Qosim Sulaymoniyning yaqin do‘stlaridan biri hisoblanadi.

Musaviy Suriyada Inqilobiy gvardiya armiyasining “katta harbiy maslahatchisi” lavozimida xizmat qilgan.

Tanlangan kalimalar: #O'ldirildi , #Isroil , #Rozi Musaviy , #qo‘mondon , #Eron

Aloqador xabarlar