AQSh Kataib Hizbulloh tashkiloti ob'ektlariga zarba berganini e'lon qildi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Iroqdagi harbiy bazasiga hujum qilgan Kataib Hizbulloh tashkiloti ob'ektlariga zarba berganini e'lon qildi.

2080713

Oq uy bayonotida, Eron tarafdori Kataib Hizbulloh tashkiloti tomonidan Iroqdagi Amerika bazasiga uyushtirilgan uchuvchisiz havo vositasi (UHV) hujumida 3 nafar amerikalik askar jarohatlangani bildirildi. AQSh prezidenti Jo Baydenning buyrug'iga binoan AQSh armiyasi,

Iroqdagi Kataib Hizbulloh tashkilotiga tegishli 3 ta ob'ektga hujum uyushtirilgani ma'lum qilindi.

AQSh boshchiligidagi DAIShga qarshi kurash koalitsiyasining Erbildagi bazasi kecha UHVlar bilan hujumga uchradi. Erbildagi fuqarolik aeroportida parvozlar to‘xtatildi.

Boshqa tomondan, Iroqdagi Shafaak News mahalliy matbuotida chop etilgan xabarda,

AQSh kuchlarining Babil viloyatidagi Hashd ash-Shabi pozitsiyalariga uyushtirgan hujumida 20 nafar Hashd ash-Shabi a'zosi yaralangani iddao qilindi.

Aloqador xabarlar