Isroilning 7-oktabrdan buyon G'azoga uyushtirgan hujumlarida 20 ming 57 nafar halok bo’ldi

Isroilning 7-oktabrdan buyon G'azoga uyushtirgan hujumlarida halok bo'lganlar soni 20 ming 57 nafarga ko'tarildi.

2079671
Isroilning 7-oktabrdan buyon G'azoga uyushtirgan hujumlarida 20 ming 57 nafar halok bo’ldi

 

Isroilning 7-oktabrdan buyon G'azoga uyushtirgan hujumlarida halok bo'lganlar soni 20 ming 57 nafarga ko'tarildi, 53 ming 320 kishi jarohat oldi.

G'azoda Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Isroil hujumlarida oxirgi 48 soat ichida 390 Falastinlik halok bo'lgani, 734 kishining yaralangani qayd etildi.

7-oktabrdan beri davom etgan hujumlarda yaralanganlar sonining 53 ming 320 nafarga etgani bildirildi.

Hamasning qurolli qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari, 7-oktabr kuni “Falastinliklar va muqaddas qadriyatlar, ayniqsa, Masjid-ul-Aqsaga qarshi davom etayotgan qonunbuzarliklarga javob berish” asosi bilan Isroilga keng qamrovli hujum uyushtirgan edi.

Isroil 7 oktabr kungi hujumlarda 1200 isroillik halok bo'lganini va 5132 kishi jarohatlanganini e'lon qildi.

Isroilning G'azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida kamida 8 ming bola va 6 ming 200 ayol bo'lgan 20 mingdan ortiq falastinlik halok bo'ldi, 53 ming 320 kishi tan jarohati oldi.

Minglab qurbonlar vayronalar ostida qolgani xabar qilinar ekan, odamlar boshpana topgan kasalxonalar va ta’lim muassasalari nishonga olinib, fuqarolik infratuzilmasi vayron qilinmoqda.

Isroil armiyasi G'azo sektoriga hujumlar boshlangan 7 oktyabrdan beri 469 nafar askari halok bo'lganini e'lon qildi, ulardan 137 nafari quruqlik hujumi jarayonida bo'lgan.

24-noyabr kuni 4 kunga berilgan, keyinroq yana 3 kunga uzaytirilgan mojarodagi “insonparvarlik pauzasi”da 81 nafar isroillik va 240 nafar falastinlik mahbus oʻzaro ozod qilindi.

Boshqa tomondan, Isroil minglab falastinliklarni hibsga olish va qamoqqa tashlashda davom etdi.

Isroil kuchlari va noqonuniy yahudiy bosqinchilarning ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohil va Quddusga uyushtirgan hujumlarida 304 nafar falastinlik hayotdan ko'z yumdi.

Isroil armiyasi bilan Hizbulloh o'rtasida 8 oktyabrdan beri chegarada davom etgan to'qnashuvda 26 nafar Livan fuqarosi, 118 nafar Hizbulloh a'zosi, 5 nafar Isroil fuqarosi va 6 nafar Isroil askari halok bo'ldi. G'azoda qurol kuchi bilan blokada ostida ko'chirilgan 1,9 million falastinlik boshpana, oziq-ovqat, toza suv, dori-darmon va sog'liqni saqlash xizmatlarisiz omon qolish uchun kurashmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Hujum , #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar