Eli Koen, Janubiy Kipr Rum boshqaruvi bilan G’azoga dengiz yo’lagi ochish masalasini muhokama qildi

Isroil boshpana, oziq-ovqat va toza suv taqchilligi tufayli gumanitar falokat chuqurlashgan G‘azo sektorigacha yer ishg‘olini kengaytirdi.

2079180
Eli Koen, Janubiy Kipr Rum boshqaruvi bilan G’azoga dengiz yo’lagi ochish masalasini muhokama qildi

 

Isroil boshpana, oziq-ovqat va toza suv taqchilligi tufayli gumanitar falokat chuqurlashgan G‘azo sektorigacha yer ishg‘olini kengaytirdi.

  Dengiz orqali yordam jo'natish uchun Janubiy Kipr Rum ma'muriyati bilan uchrashdi.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi tomonidan berilgan yozma bayonotga ko'ra,

Tashqi ishlar vaziri Eli Koen, Janubiy Kipr Rum boshqaruvi hamkasbi Konstantinos Kombus bilan G’azoga “dengiz yo’lagi” ochish masalasini muhokama qildi.

Koen  Rum hamkasbi Kombus bilan Larnaka portini ziyorat qildi va u yerdagi tayyorgarliklar haqida ma'lumot oldi.

Bayonotga ko'ra, rejalangan "dengiz koridori" doirasida G'azoga yuborilgan insonparvarlik yordami Larnaka portidan tashkil etilgan ko'p maqsadli markazda Isroil koordinatsiyasida tekshiriladi va "Isroil tomonidan to'xtatilmasdan" to'g'ridan-to'g'ri G'azoga yuboriladi.

Koen, Kipr Rum boshqaruvidan G'azoga ochiladigan dengiz yo'lagining "Isroilning G'azo sektoridan iqtisodiy ravishda chiqib ketishiga hissa qo'shishini" bildirdi. Isroil armiyasi G'azo sektoridagi yer ishg'olini kengaytirgach, Isroildan G'azoga tovarlar kiradigan Kerem Abu Salim chegara darvozasi yopildi.

Misrdan G'azoga Rafah chegara darvozasi orqali kirib kelayotgan insonparvarlik yordami Isroil nazoratidan o’tadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aloqador gumanitar tashkilotlar G'azo sektorida joylashgan bo'lib, u erda 2,3 million aholidan 1,9 millioni hujumlar qarshisida majburan ko'chirildi.

  Boshpanadan mahrum boʻlgan tinch aholining ochlik, toza suv yetishmasligi, epidemiyalar va insonparvarlik yordamlarining yetarli emasligi xavfi ostida yashayotganiga eʼtibor qaratilmoqda.

 



Aloqador xabarlar