Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi

Joriy yilning 7 - oktabridan beri Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni ortdi.

2078737
Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi

Isroil armiyasi 7 - oktabrdan beri hujumlarini davom ettirgan G‘azo sektorida falastinlik 19 ming 667 kishi halok bo‘ldi, 52 ming 586 kishi tan jarohati oldi.

Isroil kuchlarining G‘azo shahridagi ar - Rimal mahallasini bombalashi natijasida falastinlik 50 kishi halok bo‘ldi, ko‘pchilik tan jarohati oldi.

Vayronalar ostida qolgan kamida 50 kishi uchun qidiruv – qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Isroil armiyasining G‘azo sektorining shimolidagi Jibaliya hududida uyushtirgan hujumlarda ham ko‘pchiligi bolalar va ayollardan iborat o‘nlab kishi jon berdi, o‘nlab kishi tan jarohati oldi.

G‘azo sektoridagi hukumat, Isroil armiyasining G‘azoda uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan jurnalistlar sonining 97 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Isroilning G‘azo sektoriga 7 - oktabrdan beri uyushtirgan shiddatli hujumlarida 52 ming 600 uy butunlay yiqildi, 254 ming uy ziyon ko‘rdi.

G‘azoda qatliom uyushtirgan Isroil, ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda ham zulmlarini uzluksiz davom ettirmoqda.

G‘arbiy Sohildagi bir necha shaharda bosqin uyushtirgan Isroil kuchlari falastinlik ikki kishiga zarba berdi va ko‘pchilik tan jarohati oldi.

 

 

 



Aloqador xabarlar