Putin Rossiya-Turkiya munosabatlariga yuqori baho berdi

"Turkiya bilan hamkorlik yuqori darajada boʻlib, turli sohalarda koʻp yillik tajribaga asoslanadi. Tomonlar yaxshi qoʻshnichilik, sheriklik va oʻzaro manfaatlilik tamoyillari asosidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qatʼiy qaror qildi",- dedi Putin.

2072753
Putin Rossiya-Turkiya munosabatlariga yuqori baho berdi

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda ish boshlagan 21 davlatning favqulodda va muxtor elchilarini Kreml saroyida qabul qildi.

Ular orasida Turkiyaning Rossiyaga yangi tayinlangan elchisi Tanju Bilgich ham bor.

Prezident elchilarni Kreml saroyida qabul qilib, ulardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Putin uchrashuvda Turkiya bilan Rossiya o'rtasidagi munosabatlarga to'xtalib, hamkorlik eng yuqori darajada ekanini va turli sohalarda ko'p yillik tajribaga asoslanganini ta'kidladi.

“Ikki tomon ham aloqalarni yanada rivojlantirishga qaror qildi”,- deydi Putin Turkiya elchisi bilan suhbat chog'ida.

"Turkiya bilan hamkorlik eng yuqori darajada boʻlib, turli sohalarda koʻp yillik tajribaga asoslanadi. Ikkala tomon ham yaxshi qoʻshnichilik, sheriklik va oʻzaro manfaatlilik tamoyillari asosidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qatʼiy qaror qildi",- deydi Rossiya prezidenti.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’an bilan doimiy aloqada ekanligini ta’kidlagan Putin, bu uchrashuvlar chog’ida o’zaro aloqalarga oid barcha muhim mavzular muhokama qilinganini ma’lum qildi.

"Ayniqsa, energetika sohasida Rossiya-Turkiya hamkorligi haqiqatan ham strategik ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlamoqchiman. "Rosatom" (Rossiya davlat yadroviy energetika korporatsiyasi) Akkuyuda Turkiyadagi birinchi atom elektr stansiyasini qurishni davom ettirmoqda. "Moviy oqim" va "Turk oqimi" quvurlarini ishga tushirish doirasida tabiiy gaz sohasida yaqin hamkorlik o'rnatildi. Turkiyada tabiiy gaz taqsimlash markazi tashkil etish ishlari davom etmoqda. Savdo va yuqori texnologiyalar sohalarida ham ko‘plab qiziqarli loyihalarimiz, qo‘shma ishlarimiz bor",-deb aytgan Vladimir Putin.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Turkiya , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar