G'azodagi urushda halok bo'lgan bolalar soni 101 nafarga yetdi

Bu haqda qarorgohi Buyuk Britaniyada joylashgan “Bolalarni asrang” nodavlat tashkiloti tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

2071502
G'azodagi urushda halok bo'lgan bolalar soni 101 nafarga yetdi

 

Isroil tomonidan ishg’ol qilingan G’arbiy Sohilda birgina joriy yilning o’zida halok bo’lgan falastinlik bolalar soni kamida 101 nafarga yetgani e’lon qilindi.

Bu haqda qarorgohi Buyuk Britaniyada joylashgan “Bolalarni asrang” nodavlat tashkiloti tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

"7 oktyabrdan beri Isroil askarlari yoki noqonuniy ko’chmanchilar tomonidan o’ldirilgan falastinlik bolalar soni 63 bo’lsa, deyarli har kuni birdan ortiq bola halok bo’lmoqda", deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, G'arbiy Sohilda 388 nafar bola boshqa hududlarga ko'chirilgan. Mintaqadagi bolalar ahvoli kundan-kunga yomonlashmoqda.

Isroil bolalarga nisbatan kuch ishlatishni to'xtatishga chaqirilar ekan, bolalar qotilliklarini mustaqil tergov qilish kerakligi ta'kidlandi.

Save the Children tashkiloti avvalroq, Isroilning G‘azoga qilgan hujumlarida halok bo‘lgan bolalar soni 2019-yildan beri dunyodagi barcha mojaro zonalarida halok bo‘lgan bolalar umumiy sonidan oshib ketganini e’lon qilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #G'azo

Aloqador xabarlar