Millionlab bolaning ochlik ichida dunyoga kelishi kutilmoqda

«Save the Children» nodavlat notijorat tashkiloti Butunjahon bolalarni himoya qilish kunida, yangi tahlillarini bo‘lishdi.

2066499
Millionlab bolaning ochlik ichida dunyoga kelishi kutilmoqda

Maʼlum qilinishicha joriy yilda 17,6 million nafardan ortiq bola ochlik ichida tugʻiladi.

Markazi Buyuk Britaniyada joylashgan «Save the Children» (Bolalarni qutqaring) nodavlat notijorat tashkiloti Butunjahon bolalarni himoya qilish kunida, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Oziq - ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining to‘yib ovqatlanmaslikning keng tarqashi haqidagi oxirgi ma’lumotlari va tug‘ilganlar soni bo‘yicha BMT taxminlaridan foydalangan holda yangi tahlillarini bo‘lishdi.

Unga ko‘ra, joriy yilda 17,6 million nafardan ortiq bola ochlik ichida tug‘iladi va bu holat 10 yil avvalgiga nisbatan 22 foizga ko‘pdir.

Iqtisodiy beqarorlik, mojarolar va takroriy iqlim oʻzgarishlari dunyoning har bir nuqtasiga ziyon yetkazgan halokatli ochlik inqirozini kuchaytirgani ifoda etilgan tahlilda, bu yil dunyoda toʻyib ovqatlanmagan onalar dunyoga keltirgan bolalarning 95 foizi Afrika va Osiyoda qayd etildi.

Boshqa tomondan, ma’lumotlarning bosib olingan Falastin hududlarida avj olgan zoʻravonliklarning mintaqadagi ochlik yoki tugʻilish koʻrsatkichlariga boʻlgan ta’sirini oʻz ichiga olmaganiga e’tibor qaratildi.

Kongo Demokratik Respublikasida qariyb 1.5 million chaqaloq, ochlik ichida dunyoga keladi

Tahlilda qayd etilishicha, aholisining kamida 25 foizi surunkali ochlikka duchor boʻlgan Kongo Demokratik Respublikasi bu yil toʻyib ovqatlanmagan onadan tugʻilgan chaqaloqlar soni eng koʻp qayd etilgan mamlakatlar qatoriga kirishi taxmin qilinmoqda.

Kongo Demokratik Respublikasida qariyb 1,5 million chaqaloq ochlik ichida tugʻilishi taxmin qilingan tahlilda, bu raqamning BMT Oziq - ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti qaydi boshlagan 2001 – yildan beri “mamlakatda qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkich” boʻlishi mumkinligi aytildi.

Shuningdek, taxminlar shuni koʻrsatadiki bu yil Kongo Demokratik Respublikasida 5 yoshgacha boʻlgan 6,6 million bolaning toʻyib ovqatlana olmasligi mumkin.  

«Save the Children» tahlil haqida bergan bayonotida, bugun Buyuk Britaniyada uyushtirilgan Global oziq - ovqat xavfsizligi sammitida yigʻilgan dunyo liderlariga murojaat qilib, ularni oʻtkir oziq - ovqat va oziq - ovqat xavflarining asosiy sabablarini qoʻlga olishga chaqirdi.

 



Aloqador xabarlar