Isroil kuchlari tomonidan falastinlik qariyb 900 bolaning hibsga olingani aytilmoqda

Falastin Mahbuslar uyushmasi, “Butunjahon bolalar huquqlari kuni” munosabati bilan Isroil tomonidan hibsga olingan falastinlik bolalar haqida yozma ravishda bayonot berdi.

2066605
Isroil kuchlari tomonidan falastinlik qariyb 900 bolaning hibsga olingani aytilmoqda

Isroil kuchlari tomonidan joriy yil boshidan buyon falastinlik qariyb 900 nafar bolaning hibsga olingani ma’lum qilindi.

Falastin Mahbuslar uyushmasi, “Butunjahon bolalar huquqlari kuni” munosabati bilan Isroil tomonidan hibsga olingan falastinlik bolalar haqida yozma ravishda bayonot berdi.

G‘azo hujumlari boshlagan 7 - oktabrdan buyon falastinliklarni qamoqqa olish voqeasi  ortganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, Isroilning joriy yil boshidan buyon 880 nafardan ortiq bolani qo‘lga olgani, ulardan 145 nafari oktabr oyining o‘zida qayd etilgani bildirildi.

Bayonotda, oktabr oyi holatiga ko‘ra Isroil qamoqxonalarida 200 nafar bola bo‘lgani va ularning 26 nafari ma’muriy qamoqda ekani ma’lum qilindi.

Falastin Mahbuslar uyushmasi tunov kungi bayonotida, 7 - oktabrdan beri ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda, Isroil kuchlari tomonidan qo‘lga olingan falastinliklar sonining 2 ming 920 nafarga yetganini ifoda etdi.

Isroil armiyasi blokada ostidagi G‘azo sektorini kuchli bombardimon qilar ekan, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda ham bosqin uyushtirib, turli ayblovlar bilan falastinliklarni hibsga olmoqda.

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda 7 – oktabrdan beri Isroil kuchlari va yahudiy ko‘chmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda falastinlik 215 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

 



Aloqador xabarlar