Isroil harbiy samolyotlari Indoneziya shifoxonasini bombardimon qildi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hujum oqibatida 8 kishi halok bo'ldi, o'nlab kishilar, jumladan 2 nafar shifokor tan jarohati oldi.

2066248
Isroil harbiy samolyotlari Indoneziya shifoxonasini bombardimon qildi

 

Isroil harbiy samolyotlari Indoneziya shifoxonasi atrofini bombardimon qildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hujum oqibatida 8 kishi halok bo'ldi, o'nlab kishilar, jumladan 2 nafar shifokor tan jarohati oldi.

Shifoxonaning ikkinchi qavati bombardimon tufayli jiddiy shikastlangan.

G‘azo janubidagi Xon Yunus shahri shimoli-g‘arbidagi havo hujumlari natijasida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Falastinning WAFA axborot agentligi.

Shuningdek, Isroil artilleriyasi Xon Yunis sharqidagi Beni Sehila hududi va G'azo janubidagi Zeytun va Sahro mahallalarini nishonga olgan otishmalari natijasida qurbonlar va jarohatlanganlar borligi aytilmoqda.

Isroilning ishg'ol ostidagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 mingga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil

Aloqador xabarlar