Sergey Lavrov Eron TIV rahbari Husayn Amir Abdullahiyon bilan muloqot qildi

Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

2066220
Sergey Lavrov Eron TIV rahbari Husayn Amir Abdullahiyon bilan muloqot qildi

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

Muloqotda G'azo sektoridagi vaziyat muhokama qilingan.Tomonlar mavjud vaziyatdan xavotir bildirgan.

Shoshilinch o't ochishni to'xtatish va tinch aholiga zudlik bilan yordam ko'rsatish zarurligi tilga olingan. 

Isroilning 7 oktyabrdan beri G'azo sektoriga hujumlari oqibatida qurbonlar soni  13 mingga yetdi. Ulardan 5500 nafari bola va 3500 nafar ayol ham bor.

Shuningdek, Isroil o‘qqa tutishi oqibatida 201 tibbiyot xodimi, 22 fuqaro mudofaasi xodimi va 60 jurnalist halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, G‘azo sektorining 30 mingdan ortiq aholisi jarohatlangan.

6 mingdan ortiq kishi bedarak yo'qolgan. Yo‘qolganlar ro‘yxatida 6 ming kishi bor.

Isroilga ko‘ra, Qassam brigadalari qo‘lida 239 nafar isroillik mahbus bor.

7-oktyabrdan beri ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Quddusga Isroil kuchlari va yahudiy ko‘chmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda 214 nafar falastinlik hayotdan ko‘z yumdi.

Isroil armiyasi ham G'azodagi o'n minglab yaradorlar va tinch aholi boshpana topgan o'nlab kasalxonalar kampuslari yoki asosiy binolarini evakuatsiya qilishga majburlagan. Ular ishg'ol paytida ba'zi kasalxonalarga bostirib kirishdi. Hujumlarda yuzlab odamlar halok bo'ldi va yaralandi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Rossiya , #Sergey Lavrov

Aloqador xabarlar