BMT: G‘azoda bolalar bilan tinch aholi jon saqlagan maktablarda ham o‘ldirilmoqda

Catherine Russel, Isroil armiyasining G‘azoda, o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lgan kishilar jon saqlagan BMTga qarashli al - Fahura maktabiga qarshi bomba tashlashi ortidan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lumot bo‘lishdi.

2066073
BMT: G‘azoda bolalar bilan tinch aholi jon saqlagan maktablarda ham o‘ldirilmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), G‘azoda bolalar bilan tinch aholi jon saqlagan maktablarda ham o‘ldirilgani haqidagi tasvirlarga e’tibor qaratib: “Qatliom va zulm bas qilinishi shart”. – dedi.

BMT Bolalar jamg‘armasi (UNISEF) ijrochi direktori Catherine Russel, Isroil armiyasining G‘azoda, o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lgan kishilar jon saqlagan BMTga qarashli al - Fahura maktabiga qarshi bomba tashlashi ortidan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lumot bo‘lishdi.

Russell, bu dahshatli tush bolalar uchun tugashi kerakligini ta’kidladi.

“G‘azoda bolalar va tinch aholining jon saqlagan maktablarda ham o‘ldirilgani haqidagi dahshatli tasvirlarni ko‘ryapmiz”. – degan ifodalarga o‘rin bergan Russell, qatliom va zulm to‘xtashi kerakligini ta’kidladi.

Russell, maktablarning har doim himoya qilinishi muhimligiga e’tibor qaratdi.

BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va favqulodda yordam koordinatori Martin Griffiths esa, boshpanalarning xavfsizlik maskani, maktablarning esa ta’lim – tarbiya markazi ekanini qayd etdi.

Griffiths, “G‘azodagi al - Fahura maktabida jon saqlagan ko‘plab bolalar, ayollar va erkaklarning o‘ldirilgani haqidagi xabarlar juda qayg‘uli. Tinch aholi bunga ortiqcha chiday olmaydı. Bundan buyon insoniyat g‘alaba qozonishi kerak”. -  deya gapirdi.

Isroil armiyasining G‘azoda, o‘z uy - joyidan mahrum bo‘lgan insonlar jon saqlagan BMTga qarashli al - Fahura maktabini bombardimon qilishi oqibatida ko‘pchilikning jon bergani va tan jarohati olgani ma’lum bo‘lgandi.

 



Aloqador xabarlar