Isroil armiyasining blokadadagi G'azo sektoriga hujumlari davom etmoqda

G'azo sektorining markaziy va shimolidagi ba'zi hududlar Isroil harbiy samolyotlari va artilleriyasi tomonidan kuchli bombardimonlarga uchradi.

2065021
Isroil armiyasining blokadadagi G'azo sektoriga hujumlari davom etmoqda

 

Isroil armiyasining blokadadagi G'azo sektoriga hujumlari davom etmoqda.

G'azo sektorining markaziy va shimolidagi ba'zi hududlar Isroil harbiy samolyotlari va artilleriyasi tomonidan kuchli bombardimonlarga uchradi.

Bu haqda Falastinning WAFA axborot agentligi xabar bermoqda.

G'azo sektorining markaziy qismidagi Nusayrat qochqinlar lageridagi bir uyga havo hujumi natijasida qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Indoneziya kasalxonasi hududi va shahar shimolidagi Beyt Lahiye hududi jangovar samolyotlar tomonidan nishonga olindi.

Havo zarbalari bilan bir vaqtda shaharning hujumga uchragan hududlariga mash'allar o'qqa tutildi.

G'azoning boshqa ba'zi qismlarida, ayniqsa Rimal tumanida  gavjum artilleriya otishmalari amalga oshirildi.

Hujumlar tufayli yo'llarda transport vositalarining harakatlanishi oldi olinar ekan, jarohatlanganlarni qutqarish uchun tez yordam mashinalarining hududlarga yetib borishi imkoni bo'lmadi.

Bundan tashqari, Isroil harbiy samolyotlari O'rta yoqilg'i stansiyasi deb atalgan, ko'plab g'azoliklar uylarini tark etishga majbur bo'lgan hududga zarba berdi.

Hujum natijasida halok bo'lganlar va yaralanganlar borligi bildirilmoqda.

G‘azo hukumati 7 oktabrdan beri Isroil hujumlarida 11500 falastinlik halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Isroil qo'shini, janubdagi Falastinliklar boshpana topgan Xon Yunis hududiga varaqalar tashlab, mintaqaning ba'zi qismlarining zudlik bilan evakuatsiya qilinishini so'radi.

Isroil qo'shini tomonidan berilgan bayonotda, G'azo shimolidagi to'qnashuvda kapitan  ikki askarning halok bo'lgani bildirildi.

To'qnashuvda 2 nafar Isroil askarining og'ir tan jarohati olgani bildirildi.

31-oktabrdan beri G’azo sektoridagi to’qnashuvlarda halok bo’lgan Isroil askarlari soni 50 nafarga yetdi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Davom etmoqda , #Hujum , #Isroil , #G'zao

Aloqador xabarlar