Rossiya Ben Tzvining so‘zlariga munosabat bildirdi

Rossiya, Ben Tzvining G‘azodan Rossiya fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun aytgan so‘zlariga munosabat bildirdi.

2062673
Rossiya Ben Tzvining so‘zlariga munosabat bildirdi

Rossiya, Isroilning Moskvadagi elchisi Ben Tzvining G‘azodan Rossiya fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun 2 hafta vaqt kerakligini aytgan so‘zlariga munosabat bildirdi.

Matbuot uchun uyushtirilgan brifingda bu haqda Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi matbuot xizmati kotibi Mariya Zaxarova bayonot berdi. Unda Zaxarova, Isroil elchisining so‘zlari hayratga solgani va qabul qilinishi imkonsiz ekanini qayd etdi.

Zaxarova shuningdek, “Kecha Moskvadagi Isroil elchisining bayonotini eshitib, hayratda qoldik. Unga ko‘ra, evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lgan Rossiya fuqarolari ro‘yxatini tayyorlash ikki haftagacha davom etishi mumkin. Bu mantiqni qabul qilish imkonsiz”. – dedi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Mariya Zaxarova , #Ben Tzvi , #Isroil

Aloqador xabarlar