G - 7 tarkibidagi davlatlar tashqi ishlar vazirlari Tokioda yig‘ilish o‘tkazadi

G - 7 raisligi bu yil Yaponiya zimmasida. Yilning ilk G – 7 Tashqi Ishlar vazirlari yig‘ilishi, joriy yilning aprel oyida Nagano shtatining Karuizava shahrida uyushtirilgandi.

2061337
G - 7 tarkibidagi davlatlar tashqi ishlar vazirlari Tokioda yig‘ilish o‘tkazadi

G - 7 tarkibidagi davlatlar tashqi ishlar vazirlari 7 - 8 noyabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokioda yig‘ilish o‘tkazadi.

Tashqi Ishlar vaziri Kamikava Yoko raisligidagi o‘tkaziluvchi yig‘ilishda, guruhga a’zo boshqa davlatlar – Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh), Kanada, Germaniya, Italiya, Angliya va Fransiya Tashqi Ishlar vazirlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Unda Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari, Rossiya - Ukraina inqirozi bilan energiya va iqlim muammolari muhokama qilinadi.

Shuningdek Xitoyning Osiyo - Tinch okeani geosiyosatidagi kuchayib borayotgan ta’siri va Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa dasturlarining oxirgi holatini muhokama qiladi.

“Erkin va ochiq Hind - Tinch okeani” keng ko‘lamli hamkorlikka urgu beriladigan yig‘ilish ortidan muhokama qilingan masalalarni aks ettiruvchi deklaratsiya e’lon qilinadi.

G - 7 raisligi bu yil Yaponiya zimmasida. Yilning ilk G – 7 Tashqi Ishlar vazirlari yig‘ilishi, joriy yilning aprel oyida Nagano shtatining Karuizava shahrida uyushtirilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #G-7 , #Tokio , #Kamikava Yoko

Aloqador xabarlar