Isroil o't ochishni to'xtatish uchun shartini ma'lum qildi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, blokada ostidagi G'azo sektorida Falastin guruhlari tomonidan ushlab turilgan mahbuslar qo'yib yuborilmas ekan, o't ochishni to'xtatishga bormasliklarini ma'lum qildi.

2060730

Netanyahu, Isroil janubidagi havo bazasida tekshiruvdan so'ng G'azodagi hujumlar haqida baho berdi.

Isroil Bosh vaziri, Falastin guruhlari tomonidan ushlab turilgan mahbuslar qo'yib yuborilmas ekan, o't ochishni to'xtatish bo'lmaydi, ular buni "ham dushmanlariga, ham do'stlariga" aytganlarini bildirdi.

Netanyaxu 3 oktabr kuni Tel-Avivda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvidan keyin ham shunday bayonotlar bergan edi.

Hamasning harbiy qanoti Qassam Brigadalari 7 oktabr kuni Isroilga qarshi "Aqsa to'foni" deb nomlangan keng qamrovli hujum uyushtirganini e'lon qilgan edi.

Bunga javoban Isroil armiyasi jangovar samolyotlar bilan G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshlaganini ma’lum qilgan edi.

Tanglikning kuchayishi natijasida har ikki tomondan minglab qurbonlar bor.

Aloqador xabarlar