Bazm: Isroil ataylab turar – joy markazlari va shifoxonalarni nishonga olmoqda

G‘azodagi Ichki Ishlar vazirligi matbuot xizmati kotibi Iyad al – Bazm, matbuot anjumanida Isroil, G‘azo shahri aholisini ko‘chirish uchun turar joy markazlari bilan shifoxonalarni nishonga olganini qayd etdi.

2060859
Bazm: Isroil ataylab turar – joy markazlari va shifoxonalarni nishonga olmoqda

Isroil tomonidan blokada ostidagi G‘azo sektoriga qarshi 7 – oktabrdan beri uyushtirilgan hujumlar tufayli 1 million 600 ming nafardan ortiq falastinlik o‘z uy – joyidan mahrum bo‘ldi.

G‘azodagi Ichki Ishlar vazirligi matbuot xizmati kotibi Iyad al – Bazm, matbuot anjumanida Isroil, G‘azo shahri aholisini ko‘chirish uchun turar joy markazlari bilan shifoxonalarni nishonga olganini qayd etdi.

Bezm, “Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari tufayli 1 million 600 ming nafardan ortiq falastinlik o‘z uy - joyini tark etdi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bosqinchilar oxirgi ikki kun ichida xalqaro miqyosda taqiqlangan oq fosforli bombalardan foydalanishni kuchaytirganliklarini qayd etgan Bezm, “vijdon ahlini” G‘azodagi urushni to‘xtatish uchun Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz:

Hamasning Qurolli qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalari Isroilning falastinliklar bilan ularning muqaddas qadriyatlari, xususan, Al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uzluksiz ziyon yetkazishiga javoban 7 - oktabr haftaning shanba kuni ertalab keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Isroil armiyasi ham G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” degan nom ostida hujum boshlatganini bildirdi.

Avj olgan taranglik yuzasidan ikki tomondan ham qurbon bo‘lganlar qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar