NATO Qora dengizni minadan tozalash faoliyati haqida ma'lumot berdi

Turkiya, Bolgariya va Ruminiya davlatlari Rossiyaning Ukrainaga qilgan hujumidan keyin Qora dengizda suzayotgan minalarga qarshi chora ko'rmoqda.

2058804
NATO Qora dengizni minadan tozalash faoliyati haqida ma'lumot berdi

 

NATO Turkiyaning Qora dengizdagi minalardan tozalash faoliyati haqida ma'lumot berdi.

Turkiya, Bolgariya va Ruminiya davlatlari Rossiyaning Ukrainaga qilgan hujumidan keyin Qora dengizda suzayotgan minalarga qarshi chora ko'rmoqda.

Turkiyaning "TCG Akchay" kemasi vositasida olib borilayotgan bu ishlarni kuzatgan NATO, sobiq Britaniya dengiz qo'mondonligi tomonidan tayyorlangan videotasvirni e'lon qildi.

Videotasvirda dengizdagi minalarni aniqlashdan ularni yo‘q qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar aks etgan.

Shuningdek, tasvirda turk dengiz qo‘mondonlarining minalarni yo‘q qilish mashg‘ulotlarida sho‘ng‘igan tasvirlari ham o‘rin olgan.

NATO tomonidan tayyorlangan video Alyansning X va YouTube’dagi akkauntlarida namoyish qilingan.


Tanlangan kalimalar: #NATO

Aloqador xabarlar