Dog‘istonda Isroildan kelgan samolyot namoyishchilarning hujumiga uchradi

Namoyishchilar Isroildan kelgan yo‘lovchilarni mamlakatga kiritmaslikni va samolyotni Tel-Avivga qaytarib yuborishni talab qilishdi.

2057591
Dog‘istonda Isroildan kelgan samolyot namoyishchilarning hujumiga uchradi

 

Rossiyaning Dog‘iston Muxtor Respublikasida namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasida kelib chiqqan mushtlashuvda 20 kishi jarohat oldi.

Mahachqal’a aeroportiga Isroildan kelgan samolyot qo‘ngani eshitilgach, o‘nlab odamlar aeroportga to‘planishdi.

Falastin bayroqlarini ko‘targan namoyishchilar Isroilga qarshi shiorlar aytishdi.

Namoyishchilar yo‘lovchilarni mamlakatga kiritmaslikni va samolyotni Tel-Avivga qaytarib yuborishni talab qilishdi.

Aeroportda namoyishchilar bilan xavfsizlik kuchlari o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi. Voqealarda kamida 20 kishi jarohatlangani, 60 kishi hibsga olingani ma’lum qilingan.

Rossiya aviatsiya agentligi aeroport 6-noyabrga qadar parvozlar uchun vaqtincha yopilganini maʼlum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Mahachqal’a , #Isroil , #Dog'iston

Aloqador xabarlar