Galant:"G'azoga qarshi quruqlikdagi operatsiya oylab davom etishi mumkin"

"G'azoda quruqlikdagi operatsiya u yerdagi oxirgi urush bo'lishi kerak, chunki undan keyin Hamas butunlay yo'q bo'ladi. Bu bir oy, 2 oy, 3 oy bo'lishi mumkin, lekin oxir-oqibat Hamas degan nom qolmaydi",-deydi Isroil Mudofaa vaziri.

2054490
Galant:"G'azoga qarshi quruqlikdagi operatsiya oylab davom etishi mumkin"

 

Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant "G'azoga qarshi quruqlikdagi operatsiya" oylab davom etishi mumkinligini aytdi.

Bu haqda Isroildagi "Yediot Ahronot" gazetasi xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Mudofaa vaziri Galant G'azo chegarasi yaqinida "Havo kuchlari operatsiyalari qo'mondonligi" ishtirokida yig'ilish o'tkazgan. U yig'ilishda G'azoga qarshi quruqlikdagi operatsiya oylab davom etishi mumkinligini aytgan.

"Isroil armiyasini to'xtata oladigan hech narsa yo'q. Isroil hujumlarining operativ jihati havo imkoniyatlari va quruqlikdagi operatsiyalardan iborat. G'azoda quruqlikdagi operatsiya u yerdagi oxirgi urush bo'lishi kerak, chunki undan keyin Hamas butunlay yo'q bo'ladi. Bu bir oy, 2 oy, 3 oy bo'lishi mumkin, lekin oxir-oqibat Hamas degan nom qolmaydi",-deydi Isroil Mudofaa vaziri.

Isroil armiyasi avvalroq “urush”ning navbatdagi bosqichiga, ya'ni quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida Isroil qo‘shinlari G‘azoda duch kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni kamaytirish uchun havo hujumlarini kuchaytirganini e’lon qilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Hamas , #Isroil

Aloqador xabarlar