Ukraina Rossiya hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi

Ukrainaning Xarkov viloyatidagi pochta terminaliga qarshi hujum uyushtirildi.

2054178
Ukraina Rossiya hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi

Rossiya tomonidan Ukrainaning Xarkov viloyatidagi pochta terminaliga qarshi kechasi uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida tinch aholidan 6 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi tan jarohati oldi.

Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Oleg Sinegubov, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, Rossiya armiyasi kechasi Xarkov viloyatidagi “Novaya pochta (Yangi pochta)” terminaliga raketa orqali zarba berganini ma’lum qildi.

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani va 14 kishining tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganini ifoda etgan Sinegubov, tan jarohati olganlar orasida ahvoli og‘ir bo‘lganlarga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganini qayd etdi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bergan bayonotida, pochta terminali oddiy fuqarolik obyekti ekani va Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirish lozimligini ta’kidladi.

Zelenskiy,

“Jabhada erishilgan natijalar bilan Rossiya terrorizmiga har kuni javob berishimiz kerak. Terrorizmga qarshi kurashda dunyo birligini yanada mustahkamlashimiz zarur va shunday ham qilyapmiz. Rossiya terror va qotillik orqali hech narsaga erisha olmaydi. Terrorning oqibati aniq va ular, qilgan ishlarining jazosini tortadi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Xarkov , #pochta terminali

Aloqador xabarlar