Saudiya Arabistoni Isroilni G‘azoga hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi

Saudiya Arabistonining rasmiy telekanali Al-Ikhbariyya, valiahd shahzoda Bin Salmonning poytaxt Riyodda boʻlib oʻtgan Fors koʻrfazi hamkorlik kengashi yigʻilishida ishtirok etganini maʼlum qildi.

2053705
Saudiya Arabistoni Isroilni G‘azoga hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi

 

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Isroilning blokadadagi G‘azo sektoriga hujumlarini to‘xtatish kerakligini aytdi.

Saudiya Arabistonining rasmiy telekanali Al-Ikhbariyya, valiahd shahzoda Bin Salmonning poytaxt Riyodda boʻlib oʻtgan Fors koʻrfazi hamkorlik kengashi yigʻilishida ishtirok etganini maʼlum qildi.

  Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasining (ASEAN) qo‘shma sammitidagi kirishida Bin Salmon o‘z nutqida G‘azodagi vaziyatga to‘xtalib, shunday dedi:

"Bugun G'azoda kuchaygan zo'ravonlik guvohi bo'lib, begunoh tinch aholi buning  evazini  to'layotganini ko'rib qayg'udamiz". dedi.

Bin Salmon, tinch aholini nishonga olishni har qanday tarzda va har qanday sabab bilan  bo’lsa ham rad etishlarini aytdi.

G’azodagi harbiy amaliyotlar to’xtatilishi va Falastin davlati barpo etilishini kafolatlaydigan mustahkam tinchlikka erishish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi kerak”, - deydi u.

Hamasning harbiy qanoti Qassam Brigadalari 7 oktabr kuni Isroilga qarshi “Aqsa to‘foni” deb nomlangan keng qamrovli hujum uyushtirganini e’lon qilgan edi.

G'azodan Isroil tomon minglab raketalar otilgan bir paytda, qurolli guruhlar mintaqadagi aholi punktlariga kirgan edi.

Isroil armiyasi ham jangovar samolyotlar bilan G’azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshlaganini ma’lum qilgan edi.

Isroil hujumlarida 4 mingdan ortiq falastinlik halok bo'ldi, 12 mingdan ortiq falastinlik yaralandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar