G'azo sektoriga qarshi quruqlikdagi operatsiyaga sanoqli kunlar qoldi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Yoav Galant Isroil armiyasining G'azo sektoriga qarshi quruqlikdagi operatsiyasiga sanoqli kunlar qolganini ma'lum qildi.

2053496

Netanyaxu bu haqda G‘azo chegarasi yaqinida askarlar bilan uchrashuv chog'ida tilga oldi.

Ijtimoiy tarmoq orqali askarlar bilan tushgan suratini e'lon qilgan Netanyaxu, “Biz tayyormiz” degan so'zlarga o'rin berdi.

Isroil Mudofaa vaziri Galant ham G'azo chegarasida xizmat o'tagan askarlar bilan uchrashdi.

"Hozir G'azoni uzoqdan ko'rib turibsiz. Tez orada ichkaridan ham ko'rasiz" deydi u askarlar bilan suhbatda.

Galant shuningdek, Livan chegarasida Hizbulloh bilan yuzaga kelgan taranglikka ham to’xtalib, “Agar Hizbulloh urush boshlamoqchi bo’lsa, avvalo G’azoning tasvirlariga bir nazar tashlasin",-dedi.

Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar