Hamas yetakchisi Isroil hujumi uchun AQShni javobgar deb hisobladi

"Qo'shma Shtatlar Isroilning G'azodagi "Al-Ahli Baptistlar" kasalxonasiga hujumi uchun javobgardir", dedi Hamas yetakchisi Ismoil Haniya.

2052509
Hamas yetakchisi Isroil hujumi uchun AQShni javobgar deb hisobladi

 

Hamas yetakchisi Ismoil Haniya Isroilning G'azodagi "Al-Ahli Baptistlar" kasalxonasiga uyushtirgan hujumi uchun AQShni javobgar deb hisobladi.

“Isroilning bu bombardimoni dushmanning qanchalik shafqatsizligini va qattiq magʻlubiyatga uchraganini isbotlovchi qatliomdir” deydi u.

"Qo'shma Shtatlar Isroilning G'azodagi "Al-Ahli Baptistlar" kasalxonasiga hujumi uchun javobgardir", deb qo'shimcha qiladi Hamas yetakchisi.

Hamas yetakchisi shuningdek, "Bu qirg'in Falastin ishg'olidan keyin sionistlar tomonidan amalga oshirilgan qirg'inlar qatorida o'z o'rnini egalladi. Bu ularning o'ziga xos xususiyati. Qotilliklarni amalga oshirish ularning xususiyatidir",-dedi.

Isroilning qadriyatlarga, urf-odatlarga va qonunlarga hurmat ko'rsatmasligini ifoda etgan Ismoil Haniya, "Cherkov, masjid va kasalxonalarga hujum qilgan dushman va uni qoralamaganlar bu qirg'in va genotsiddan mas'uldir",-dedi.

“Ishg'ol tugamaguncha qarshilikning davom etishini” ta’kidlagan Haniye, Falastin xalqini “Barcha shahar va ko’chalarda, ayniqsa G’arbiy Sohilda bosqinchilar va ko’chmanchilarga qarshi turishga” chaqirdi.

Eslatma: 17 oktyabr kechasi Isroil armiyasi G‘azodagi "Al-Ahli Baptist" kasalxonasini portlatishi oqibatida 500 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Hamas

Aloqador xabarlar