Falastinda 3 kunlik motam e'lon qilindi

Isroil armiyasi G‘azodagi "Al-Ahli Baptist" kasalxonasini bombalashi oqibatida 500 kishi halok bo‘ldi.

2052228
Falastinda 3 kunlik motam e'lon qilindi

 

Isroil tomonidan G'azoda sodir etilgan qirg'in butun dunyo ko'z o'ngida...

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azodagi "Al-Ahli Baptist" kasalxonasini bombalashi oqibatida 500 kishi halok bo‘lgan.

Ushbu ma'lumot G'azo Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Ashraf al-Qudra tomonidan ham tasdiqlandi.

Uning ma'lum qilishicha, "Al-Ehli Baptist" kasalxonasi nishonga olingan bombardimonda 500 kishi halok bo'lgan.

Hayotdan ko'z yumganlarning aksariyati bolalar va ayollardir.

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos voqea ortidan 3 kunlik motam e'lon qildi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Falastin

Aloqador xabarlar