Yevroittifoq Isroil-Falastin kun tartibi bo'yicha navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazadi

Yevropa Ittifoqi Kengashi rahbari Charlz Mishel avvalroq, Falastindagi o‘zgarishlar bo‘yicha yetakchilarning onlayn uchrashuvini o‘tkazishga chaqirgandi.

2051847
Yevroittifoq Isroil-Falastin kun tartibi bo'yicha navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazadi

 

Yevropa Ittifoqi yetakchilari bugun Isroil-Falastin mojarolari kun tartibi bo'yicha navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazadi.

Yevropa Ittifoqi Kengashi rahbari Charlz Mishel avvalroq, Falastindagi o‘zgarishlar bo‘yicha yetakchilarning onlayn uchrashuvini o‘tkazishga chaqirgandi.

Taklifda xalqaro gumanitar huquq doirasida tinch aholini himoya qilishning ahamiyati ta'kidlanib, ikki davlatli yechim taklifi tilga olingandi.

Shuningdek, G'azoda yordamga muhtoj tinch aholini to'liq qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma'lum qilgandi.

Eslatma: Joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e'lon qilgandi.

Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.

Hozirda G‘azo sektorida 200 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tashlab ketdi. Har ikki tomonda ham yuzlab qurbonlar bor.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Falastin , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar