Chikagoda bir kishi 6 yoshli falastinlik bolani o‘ldirib, onasini yaraladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Chikago shahrida bir kishi 6 yoshli falastinlik bolani o‘ldirib, onasini yaraladi.

2051271
Chikagoda bir kishi 6 yoshli falastinlik bolani o‘ldirib, onasini yaraladi

 

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Chikago shahrida bir kishi 6 yoshli falastinlik bolani o‘ldirib, onasini yaraladi.

Will County Sherif idorasi tomonidan berilgan bayonotda, hujumni 71 yoshli Jozef M. Czubaning "bola va uning onasi musulmonligi va Isroil-Falastin mojarosi" tufayli amalga oshirgani iddao qilindi.

Uy egasi unga pichoq bilan hujum qilganini aytgan ayol qo‘ng‘iroq qilib, politsiya chora ko‘rgani va voqea joyiga yetib kelganida, Czubani uy oldida o‘tirganini ko‘rgani bildirildi.

Qayd etilishicha, keyinroq uyga kirgan militsiya xodimlari 32 yoshli ayol va uning 6 yoshli bolasini pichoq bilan og‘ir tan jarohatlari bilan topishgan.

26 marta pichoq jarohati olgan bola kasalxonaga yotqizilganidan keyin vafot etgani, kasalxonaga yotqizilgan onasining ahvoli og‘ir ekanligi ma’lum qilingan.

Rasmiylarning xabar berishicha, Czuba bolani isroil-Falastin mojarosi ta'sirida musulmon bo'lgani uchun o'ldirgani aniqlangan.

Czuba birinchi darajali qotillik, birinchi darajali qotillikka urinish, ikkita nafrat jinoyati va o'limli  qurol bilan og'irlashtirilgan jinoyat bilan  ayblanmoqda.

AQSh prezidenti Jo Bayden ham hujum bilan bog'liq bayonotida musulmon bolaning o'ldirilishi "dahshatli nafrat harakati" ekanligini aytdi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'ldirdi , #Isroil , #Falastin , #Ona , #Bolas , #6 yoshli , #Musulmon , #AQSh

Aloqador xabarlar