Isroil quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlikni tezlashtirdi

2224 kishi halok bo'lgan, 8696 kishi tan jarohati olgan, 324 tasi kecha, bir hafta ichida bo'lgan havo hujumlari ortidan Isroil quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlikni tezlashtirdi.

2050862
Isroil quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlikni tezlashtirdi

 

2224 kishi halok bo'lgan, 8696 kishi tan jarohati olgan, 324 tasi kecha, bir hafta ichida bo'lgan havo hujumlari ortidan Isroil quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlikni tezlashtirdi.

Falastin Sog'liqni saqlash vazirligi, hayotdan ko'z yumganlarning 66 foizini bolalar va ayollar ekanligini ma'lum qildi.

Isroil blokadadagi G‘azo sektoriga havo hujumlarini to‘xtatmayapti. Rafah shahriga berilgan havo zarbalari natijasida hududdan tutun ko'tarildi.

Isroil hujumlaridan qochgan 35 ming falastinlik G'azodagi Shifa kasalxonasiga boshpana oldi.

Kasalxona rahbariyati tomonidan berilgan bayonotda, xavfsiz hududlarga boshpana olishga harakat qilayotgan falastinliklarning yo'llarda nishonga olingani ham bildirildi.

Chegara punktlari yopilganligi sababli G'azo sektoriga bir necha kundan beri yordam kira olmayapti.

Isroilning davom etayotgan shiddatli bombardimonidan so‘ng, ko‘plab falastinliklar Isroilning G‘azo sektoriga quruqlikdan hujum qilishidan xavotirlanib, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z xohish-irodalarini baham ko‘ra boshladi.

G'azoliklar o'z vasiyatlarida o'zlariga biror narsa bo'lgan taqdirda o'zlariga tegishli bo'lganlardan kechirim so'rashar ekan, o'limdan qo'rqib bu xabarlarni yozmaganliklarini ham ta'kidladilar.

Isroil matbuoti, Hamasning harbiy qanoti Izzad-Din al-Qassam brigadalari Isroil harbiy vertolyotini G'azo sektori yaqinida raketa oti bilan otib yo'q qilganini e'lon qildi.

Xabarda isroillik uchuvchilarning sog'lig'i haqida hech qanday ma'lumot berilmagan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) matbuot kotibi Stefan Dyujarrik G'azoda sog'liqni saqlash va suv xizmatlari qulash bosqichida ekanligi haqida ogohlantirdi.

Ravina Shamdasani, BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissarligi matbuot kotibi, Isroilning G'azodagi al-Avda kasalxonasini evakuatsiya qilish haqidagi iltimosiga nisbatan:

“Xalqaro insonparvarlik qonunchiligiga muvofiq, tibbiyot muassasalariga, tibbiyot xodimlariga, jarohatlangan va kasallarga hujum qilish taqiqlanadi”. - deb ogohlantirdi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus ham G'azodagi al-Evda kasalxonasining evakuatsiya qilinishi hayotni xavf ostiga qo'yishini aytib, Isroildan bu qaroridan voz kechishni so'radi.

Islom Hamkorlik Tashkiloti ham Isroilning blokadadagi G'azo sektorining shimolida yashovchilarni uylarini majburan bo'shatishga chaqirishini va davom etayotgan hujumlarni keskin qoraladi.

Kecha Isroil kuchlari G'arbiy Sohilning ko'plab joylarida G'azoni qo'llab-quvvatlagan namoyishlarga o'q bilan aralashdi.

Bir kun ichida 16 falastinlik halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Isroil askarlari G'arbiy Sohilning turli joylarida ham reydlar uyushtirdi.

Bosqinga javob bergan Isroil kuchlari bilan qurollangan falastinliklar o'rtasida to'qnashuvlar yuz berdi. Nablusdagi reydlar chog‘ida Xamas Harakati vakillari ham qo‘lga olingan.

  Livan chegarasida ham keskinlik yuqori.

Isroil armiyasi mamlakat hududiga kirib borishga uringan dronga javoban Hizbulloh nishonini urganini e'lon qildi.

  Armiya tomonidan berilgan yana bir bayonotda Hizbullohning uchuvchisiz havo vositalari (UAV) urib tushirilgani ma’lum qilindi.

BMT Livan vaqtinchalik tinchlik kuchlari qo'mondoni Aroldo Lazaro Livan-Isroil chegarasidagi keskinlik nazoratdan chiqib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Livan Bosh vaziri Nejib Mikati, mamlakati urushga kirishmoqchi emasligini, biroq Hizbullohdan bu borada hali hech qanday kafolat olmaganini bildirdi.

Hamasning harbiy qanoti Qassam Brigadalari 7 oktabr kuni Isroilga qarshi "Aqsa to'foni" deb nomlangan keng qamrovli hujum uyushtirganini e'lon qildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Harakti , #Quruklik , #Hujum , #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar