Lavrov: BMTning Falastin rezolyutsiyasining amalga oshirilishini istaymiz

Lavrov, Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) tarkibidagi davlatlar tashqi ishlar vazirlari yigʻilishidan keyin Rossiya matbuotiga bayonot berdi.

2050130
Lavrov: BMTning Falastin rezolyutsiyasining amalga oshirilishini istaymiz

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov, Isroil - Falastin toʻqnashuvi tugashi bilanoq Falastin davlatini barpo etishga doir Birlashgan Millatlar Tashkiloti xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasining amalga oshirilishini talab qildi.

Lavrov, Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) tarkibidagi davlatlar tashqi ishlar vazirlari yigʻilishidan keyin Rossiya matbuotiga bayonot berdi.

Yigʻilishda Isroil – Falastin toʻqnashuvi muhokama qilinganiga e’tibor qaratgan Lavrov, MDHga a’zo davlatlarning toʻqnashuvlarning tugashi, muzokaralarning esa boshlashi tarafdori ekanini qayd etdi.

Toʻqnashuv tugashi blanoq keyingi vaziyatdan qanday umidda ekanliklarini ifoda etgan Sergey Lavrov mavzu haqida:

“Umid qilamizki, toʻqnashuv tugagach har bir kishi BMT tomonidan tasdiqlangan tamoyillar asosida Falastin davlatini barpo etish boʻyicha BMT xavfsizlik kengashining rezolyutsiyalarini amalga oshirish uchun oʻz masʼuliyatini jiddiy qabul qiladi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Falastin davlati , #Sergey Lavrov

Aloqador xabarlar