Nikolas Maduro Isroilni Falastin xalqiga qarshi "genotsid" sodir etishda aybladi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro G'azoda tinch aholi istiqomat qiladigan binolar beg'araz bombardimon qilinganini aytib, Isroilni Falastin xalqiga qarshi "genotsid" sodir etishda aybladi.

2048606
Nikolas Maduro Isroilni Falastin xalqiga qarshi "genotsid" sodir etishda aybladi

 

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro G'azoda tinch aholi istiqomat qiladigan binolar beg'araz bombardimon qilinganini aytib, Isroilni Falastin xalqiga qarshi "genotsid" sodir etishda aybladi.

O'zi ishtirok etgan dasturda so'zga chiqqan Maduro, Isroilning G'azoda bundan oldin ham ko'p marta "qirg'inlar" qilganini ta'kidladi. Maduro,

“G’azoda tinch aholi yashaydigan binolar beg’araz zarbalar qilinmoqda, hamma yer bombalanmoqda, ayollar va bolalar har kuni nobud bo’lmoqda.

  “Dunyodagi barcha musulmon birodarlarim, nasroniylar va yahudiylarimga chaqiraman, kelinglar Birlashgan Millatlar Tashkilotini (BMT) zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiraylik”, — dedi u.

Maduro tinchlik muzokaralari imkon qadar tezroq boshlanishi va BMT rezolyutsiyalarini hurmat qiladigan mustaqil va suveren Falastin davlati barpo etilishi kerakligini aytdi.

Falastin xalqini har doim himoya qilishlarini ifoda etgan Maduro, Falastin Prezidenti Mahmud Abbosning ikki davlat yechim chaqirig'ini ham qo'llab-quvvatlaganliklarini bildirdi.

Venesuela Prezidenti, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning Isroil va Falastin bilan bog'liq bayonotlarini qo'llab-quvvatladi.

"Erdog'anning fikriga to'liq qo'shilaman. U nihoyatda aqlli so'zlarni ishlatadi. BMT qarorlarini hurmat qilish, adolatli va to'liq tinchlikka erishish kerak.

“Erdog’an lider sifatida bu vaziyatga aralashib, o’t ochishni to’xtatishga erishishni ta’minlovchi va adolatli tinchlik tashabbuskori bo’lishi mumkinligiga ishonaman”,  deya qayd etdi.



Aloqador xabarlar